Qisqacha
WolkPosning savdo, ombor va buxgalteriya maʼlumotlari sizning kompyuteringizda saqlanadi va bizga yuborilmaydi. Bu sayt cookie, tahlil va kuzatuv vositalaridan foydalanmaydi.
Sayt
wolkpos.com — statik sayt: bu yerda roʻyxatdan oʻtish, shakllar, cookie, reklama va tahlil yoʻq, shriftlar va skriptlar boshqa serverlardan yuklanmaydi.
Siz tanlagan mavzu (kunduzgi yoki tungi) va yopgan til taklifingiz faqat brauzeringiz xotirasida (localStorage) saqlanadi va hech qayerga yuborilmaydi.
Veb-server soʻrovga javob berish uchun IP manzilingizni texnik jihatdan koʻradi, lekin sayt tashriflar jurnalini yuritmaydi.
Dastur litsenziya serveriga nimalarni yuboradi
Dastur litsenziya serveriga (lisenziya.wolkpos.com) faqat litsenziya uchun ulanadi: sinovni boshlaganda, kalitni faollashtirganda va kundalik tekshiruvda. Bunda quyidagilar yuboriladi:
- kompyuter kodi: kompyuter uskunasidan hisoblangan xesh, masalan
A1B2-C3D4-E5F6-7890; - kompyuter nomi: Windowsda berilgan nom;
- dastur versiyasi;
- litsenziya kaliti: faollashtirish va tekshirishda;
- kompaniya nomi: faqat sinovni boshlaganda.
Server soʻrov kelgan IP manzilni ham yozib oladi.
Nimalar yuborilmaydi
Savdolar, cheklar, mahsulotlar, narxlar, mijozlar, qarzlar, pul hisoblari, foydalanuvchilar va parollar kompyuteringizdan chiqmaydi. WolkPos bu maʼlumotlarga kira olmaydi.
Maʼlumotlar nima uchun ishlatiladi
Litsenziyalarni berish va tekshirish, sinov har bir kompyuterga bir marta berilishini nazorat qilish, kompyuterni almashtirish soʻrovlarini tasdiqlash va suiisteʼmolning oldini olish uchun.
Yangi sinov, faollashtirish va kompyuterni almashtirish soʻrovi haqida WolkPos xodimiga Telegram orqali qisqa bildirishnoma yuboriladi. Unda kompaniya nomi, litsenziya raqami, kompyuter nomi va kodi, IP manzil boʻladi.
Bu maʼlumotlar sotilmaydi va reklama uchun ishlatilmaydi.
Zaxira nusxalar
Dastur bazaning zaxira nusxasini sizning kompyuteringizda oladi va 14 kun saqlaydi. Litsenziya serveri bazasining zaxira nusxalari serverda 30 kun saqlanadi.